$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

BYD Central Asia “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi

BYD

Kompaniya axborot xizmati ma’lum qilishicha, rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan barcha BYD avtomobillari brendning sanoat standartlariga muvofiq kafolati bilan ta’minlangan (avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km va batareya, elektr dvigatel va elektron boshqarish moduli uchun 8 yil). Ushbu kafolatni norasmiy importyorlar taqdim qila olmaydi.

Norasmiy kanallar avtomobillarga rasmiy kafolat bermaydi

O‘zbekistonga “norasmiy import” orqali olib kelinadigan avtomobillar sonining ko‘pligi va ular bilan rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar orasidagi sezilarli texnik farqlarni hisobga olib, BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Ushbu norasmiy kanallar orqali sotib olingan avtomobillar rasmiy kafolatga ega bo‘lmaydi.

BYDning rasmiy dilerlari sertifikatlanmagan tarzda olib kelingan avtomobillarga kafolat xizmatini ko‘rsatmaydi

Shu sababli, BYDning rasmiy dilerlari sertifikatlanmagan tarzda olib kelingan avtomobillarga kafolat xizmatini ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, barcha multi brendli dilerlarga rasmiy tartib-qoidalarga rioya qilmasdan olib kelingan avtomobillarni sotmaslik to‘g‘risida qat’iy ko‘rsatmalar berildi, chunki bu transport vositalarining sifati va yaroqliligini xavf ostiga qo‘yadi.

Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, biz mijozlarimizdan avtomobil sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishlarini va yuqori sifatli, xalqaro standartlarga ega bo‘lgan rasmiy diler tanlashingizni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.

Теги :
Жамият