$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Boysundagi vaziyat yana og‘irlashdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Boysundagi gaz koni

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida 17 sentyabr kuni tushdan keyin yana vodorod sulfid sizib chiqishi yuz berdi. 

Bugun oqshom va o‘tgan kecha bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda turli shakldagi xabarlar tarqala boshladi. Shundan so‘ng, bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ushbu xabarni tasdiqladi.

Jabrlangan va halok bo‘lganlar mavjud

O‘ktam O‘tayevning ma’lum qilishicha, portlash oqibatida ikki nafar shaxs halok bo‘lgan.

 “Voqea joyiga viloyat prokurorining o‘zi chiqqan. Hozirda tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha OAVga axborot beriladi. O‘lim holati bo‘lgan. Ikki nafar shaxs o‘lgan. Yana tan jarohati olingan holatlar ham bor. Hozir tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha sizlarga ma’lumot beriladi”, deydi mas’ul. 

Aholi evakuatsiya qilingan

Yana matbuot anjumanida shular ma’lum bo‘ldki, Kafrum, Kudana, Dashtig‘oz qishloqlari aholisi evakuatsiya qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov esa hududdan yuqori konsentratsiyadagi vodorod sulfid chiqmayotganini aytdi va yuzaga kelgan vaziyat ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnik holat ekanini ta’kidlagan.

Теги :
Жамият