Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ularning ota-onasi yoki biror qonuniy vakillari ham qolmagani ta’kidlanmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalarning ota-onalari asosan qonunbuzarlik uchun deportatsiya qilib yuborilgani aytilmoqda.

Himoyasiz bolalar vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona vakillari tomonidan Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari yo‘q bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Ular qanday qarovsiz qolib ketgan?

Qayd qilinishicha, aksariyat bolalarning ota-onasi muqaddam Rossiya hududida bo‘lish tartibini buzganligi sababli deportatsiya qilingan. Bosh konsulxonada bolalar uchun qaytish guvohnomalari rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlariga topshirilgan.