O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari ulushi ma‘lum qilindi
Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda o‘tgan yillarga qaraganda ko‘rsatkichlar pastlaganini bildiradi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu ko‘rsatkichlar 2024-yilda o‘tgan yillarga qaraganda ko‘rsatkichlar pastlaganini bildiradi.
16 yoshgacha bolalar
Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 71,9 foizni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, ko‘rsatkich 2022-2023-yillarda – 74,4 foizni ni tashkil etgan.
Ajrimlar va nikohlar
Yarim yil mobaynida tuzilgan nikohlar soni Samarqand viloyatida, ajrimlar Toshkent shahrida eng ko‘p qayd etilgan.
2024-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 97,4 mingta nikoh qayd etildi. Nikohlarning 50,1 mingtasi shaharlarda, 47,3 mingtasi qishloqlarda tuzilgan.
Eng kam nikoh tuzilishi
Nikohlar sonining eng kam ulushi Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 2 410 ta. O‘z navbatida Navoiy (2 661 ta), Jizzax (3 518 ta), Buxoro (5 818 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda (6 389 ta) qolgan hududlardagidan kam oila qurilgan.



