$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorijda qarovsiz qolgan yana 3 nafar bola O'zbekistonga qaytarildi

Bola

Oktyabr oyida xorijda ota-onasi qarovisiz qolgan 11 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelindi.

Bolalar qayerlardan olib kelindi?

"Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 3 nafar bola olib kelindi", - deb xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

Ulardan bir nafari Rossiyadan, qolgan ikki nafari esa Xitoy hududidan keltirildi.

Psixologik va huquqiy yordam

Agentlik voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlarini o‘rganib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganini baholamoqda.

Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

11 nafar ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar

Ta’kidlanishicha, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgan. Yaqin kunlarda RFdan yana bir guruh bolalar olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Sentyabr oyida olib kelingan bolalar

Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 1-sentabr sanasida 14 nafar xorijda ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bolalar yurtimizga qaytarib olib kelingan edi. Mazkur guruhdagi bolalar Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Ichki ishlar hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari masʼul xodimlarining xizmat safarlari doirasida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelingan.

 Bu borada qanday chora koʻrilmoqda?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari hamrohligida xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilgan voyaga yetmagan bolalarni olib kelinguniga qadar ularni oilalariga qaytarish va jamiyatga ijtimoiylashuvini tashkil etish bo‘yicha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Теги :
Jamiyat