$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Farzandini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

bola

Surxondaryoda farzandini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ta’kidlanishicha, ona avval ham qiziga tan jarohati yetkazganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Ona ma’muriy javobgarlikka tortilishiga qaramasdan zo‘ravonlikni davom ettirgan

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Q (erkak) ning murojaati kelib tushdi.

Murojaatga ko‘ra, I.Q oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i F.T bilan birga yashamayotganligini, hozirda turmush o‘rtog‘i tomonidan voyaga yetmagan farzandi Z.D ga (2009 yilda tug‘ilgan, qiz bola) nisbatan bir necha marotaba jismoniy zo‘ravonlik qilinib, tan jarohati yetkazilganligini bildirgan.

Ona avval ham qiziga tan jarohati yetkazganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Biroq, bunga qaramay zo‘ravonlik yana davom etayotganligi bildirib, ota farzandining huquqlarini himoya qilishni va turmush o‘rtog‘i F.T ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan

Yuqoridagi holat yuzasidan Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, Termiz shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida (sud tibbiyot ekspertizasi hulosasi asosida) ayol voyaga yetmagan farzandini urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.

Joriy yilning 19-dekabr kuni ayolga Jinoyat Kodeksining 126-modda 1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmanining ta’kidlashicha, bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.