$
 12615.07
-19.27
 14754.59
-66.75
 162.02
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik bloger qo‘lga olindi

Qamoq

Sankt-Peterburgda O‘zbekistondan bo‘lgan mashhur YouTuber Ma’ruf Raimqulov hibsga olindi, deb xabar bermoqda Fontanka.ru nashri. U amaldorlarga tuhmat qilishda ayblanmoqda.

Prezident maslahatchisi haqoratlangan

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, bloger 2024-yil dekabr oyida YouTube kanalida siyosatchilarni haqorat qilgan beshta videoni e’lon qilgan. Ulardan biri taxminlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova bo‘lgan.

U oldin ham sudlangan

Bloger Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi 51-politsiyaga olib borilgan va u qidiruvni boshlagan Buxoro viloyati IIBga topshirilishi rejalashtirilgan. U ilgari ham tuhmat va tovlamachilik bilan sudlangan.

Bloger haqida

Ma’lumot uchun, Ma’ruf Raimqulov 2022-yildan buyon blogerlik faoliyati bilan shug‘illanib keladi. Ayni damda blogerning YouTube kanalida 285 mingdan ortiq obunachi bor, videolarning umumiy ko‘rishlar soni deyarli 65 million. 

Теги :
Jamiyat