Qamchiq dovonida portlatish ishlari amalga oshirilmoqda
Dovonda portlatish ishlari olib borilayotganligi sababli harakat ham vaqtincha cheklab qo'yilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqida YHXX xabar berdi.
Burg‘ilash va portlatish ishlari
Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 254,6 va 258-kilometrlari oralig‘ida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan bugun, 18-sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab ushbu hududda transport harakati vaqtincha cheklandi.
Yo‘lda harakat qachon qayta tiklanadi?
FVV dovon qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qildi.
Texnik ishlar o‘z nihoyasiga yetgach yo‘lda avtomobillar harakati ham qayta tiklanadi.



