$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Madaniy boyliklarni himoya qilish to‘g‘risida xalqaro bitim imzolandi

positive

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Bitim mazmuni

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatlari o‘rtasida madaniy boyliklarni o‘g‘irlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 

Shartnomaga mas'ul organ

Bitim 2024-yil 24-yanvar kuni Pekin shahrida imzolangan. Madaniy meros agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tyanszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qilgandi. Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni, ayniqsa, faol hududlararo muloqot doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilingan.

Теги :
Жамият