Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +19° kechasi +9°

Xitoy va Rossiya harbiy maqsadlarda birlashadimi?

Ekspertlarga ko‘ra, tinchlik davrida ittifoq tuzish nafaqat strategik manfaatlarning bir-biriga mos kelishini, balki rahbarlarning o‘xshash falsafiy qarashlarga ega bo‘lishini ham talab qiladi.

2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Rossiya harbiy maqsadlarda birlashadimi?

Rossiya va Xitoy ko‘plab strategik kelishuvlar va qo‘shma bayonotlarda “cheksiz do‘stlik” kabi balandparvoz so‘zlar ko‘p marotaba uchrashiga qaramay, ikki mamlakat haligacha rasmiy harbiy ittifoq tuzmagan. 

Birlashuv omili umumiy mafkura emas, manfaatlar

Ekspertlarga ko‘ra, tinchlik davrida ittifoq tuzish nafaqat strategik manfaatlarning bir-biriga mos kelishini, balki rahbarlarning o‘xshash falsafiy qarashlarga ega bo‘lishini ham talab qiladi. Si Tszinpin va Vladimir Putinning nutqlarini tahlili shuni ko‘rsatdiki, maqsadlarga erishish strategiyalari o‘xshashligiga qaramay, ularning dunyoqarashi va qadriyatlari sezilarli darajada farq qiladi. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar umumiy mafkuraga emas, balki umumiy manfaatlarga (masalan, AQShning gegemonligiga qarshi kurash) asoslanadi. Bu ularning hamkorligini moslashuvchan qiladi, ammo yanada chuqurlashishini cheklaydi.

Ehtimoliy strategik keskinlik

XX asr o‘rtalarida SSSR-Xitoy ziddiyatlari Pekin va Moskvada bir-biriga haddan tashqari bog‘liqlikni istisno qiladigan yondashuvni shakllantirdi. Bu, ayniqsa, energiya sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda: Xitoy o‘zining ustun mavqeidan foydalanib, Rossiyadan qulay imtiyozlarni qo‘lga kiritishga, Rossiya esa eksportni diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Xitoy an’anaviy ravishda Rossiya ta’sir zonasiga kiradigan Markaziy Osiyoga sarmoya kiritmoqda, bu esa kelajakda strategik keskinlikni keltirib chiqarishi aniq. Bundan tashqari, Rossiya raqobatni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan texnologiyalarni taqdim etmay Xitoyga qurol-yarog‘larni ehtiyotkorlik bilan sotmoqda.

Tahdidlarining kuchayishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin

Yuqorida keltirilgan fikrlarga qaramay, tahlilchilar kelajakda Moskva-Pekin alyansi rasmiy shakllanishini taxmin qilishmoqda. Xususan, ittifoqning hozirgi kunda yo‘qligi tinchlik davri bilan bog‘liq. Biroq, AQSh tahdidlarining kuchayishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Agar Rossiya va Xitoyga bosim harbiy mojaroga yaqin darajaga yetsa, ittifoqning shakllanishi muqarrar.