$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘nggi 7 yilda bino va inshootlar qurilishi 1,9 barobarga oshgan

bino

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida O‘zbekiston qurilish sohasining 7 yil davomida rivojlanish dinamikasi keltirildi.

YAIM tarkibida qurilish xizmatlarining ulushi o‘sgan

Ma’lum qilinishicha, 2017-2023-yillarda qurilish sohasida salmoqli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, qurilish xizmatlari hajmi 2 barobarga oshib, 2017-yildagi 35 trln. so‘mdan 2023-yilda 151 trln. so‘mga yetdi. YAIM tarkibida qurilish xizmatlarining ulushi 6,4 foizdan 7,1 foizga o‘sdi.

Qurilish ishlari hajmi 38 foizdan 55 foizga oshgan

Kichik qurilish korxonalari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan 7 yilda 38 foizdan 55 foizga oshdi. Qurilish sohasida norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari esa 28 foizdan 19 foizga kamayib, aksariyat korxonalarning rasmiylashtirilishiga erishilgan.