$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Savdo markazida xodimni kaltaklagan shaxsga chora ko‘rildi

positive

Zo‘ravonga chora ko‘rilmoqda. Bu ish yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hodisa

IIBB bergan ma’lumotga ko‘ra, 13-sentyabr kuni Sergeli tumanida joylashgan savdo majmualarining birida ishlovchi 2001-yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006-yilda tug‘ilgan M.T.ni qo‘li bilan urgan. 

Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi, 1998-yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan video tasvirga olingan. 

Qonuniy chora

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.

Savdo markazi asoschisi ham munosabat bildirdi

Savdo markazi asoschisi Omadbek Xolmatov videoni tarmoqlar orqali ko‘rib qolganini aytib, holatdan o‘zi ham shokka tushganini ma’lum qildi. 

Zo‘ravonlik jazosiz qolmaydi. Bu qilingan ablah ish uchun qonuniy javobgarlikka tortilishiga ishonamiz. Yillar davomida kelayotgan mijozlarga yaxshi muaomala qilishga harakat qilamiz. Hurmat ko‘rsatishga urinamiz. Lekin ko‘plab bolalar ishlagani uchun aynan shu holatni nazoratga ololmay qolibmiz, buning uchun uzr so‘raymiz, deydi savdo markazi asoschisi. 

Mazkur holat bo‘yicha qonuniy tartibda chora ko‘rish ishlari boshlangan, tafsilotlari haqida xabar beramiz, deydi u. 

Omadbek Xolmatov bitta xodimining o‘ylamay qilgan ishi uchun yillar davomida xalq orasida ishonch qozongan va obro‘ orttirgan savdo markazi faoliyatini qoralab tashlamaslikni so‘radi.

Теги :
Жамият