$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident hokimlar oldiga 1-aprelgacha 15 ming kilometr ichki ariqlarni beton qoplamaga o‘tkazish vazifasini qo‘ydi

ariq

Joriy yilda mamlakatimizdagi suv omborlarida o‘tgan yilga nisbatan ko‘p suv yig‘ildi. Bu haqda pezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya resurslaridan unumli foydalanish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Xotirjamlikka berilmaslik lozim

Davlat rahbari bu holatda xotirjamlikka berilmaslik lozimligini qayd etdi. Dunyoda bir vaqtlar cho‘l bo‘lgan hududlarda yog‘ingarchilik ko‘payib, boshqa joylarda qurg‘oqchilik kengayib borayotgan sharoitda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kanallarni betonlash bo‘yicha tanlangan yo‘l to‘g‘ri bo‘lgani ta’kidlandi. Birgina 550 kilometr kanal va ariqlar betonlangani hisobiga 200 ming gektarda suv yaxshilandi, yiliga 450 million kub metr suv iqtisod bo‘layapti.

Betonlashga 800 milliard so‘m ajratiladi

Shuningdek, yig‘ilishda sohada hali qilinadigan ishlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Noyabrmart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi ta’kidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.

Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yo‘qotilyapti. Bu – Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng. Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Hokimlar oldiga fermer va klasterlar bilan birgalikda 1-aprelgacha 15 ming kilometr ichki ariqlarni beton qoplamaga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Mutasaddilar har bir kanalga ajratilayotgan har bir so‘mni maqsadli, tejamkorlik bilan to‘g‘ri ishlatish zarurligi haqida ogohlantirildi.

Barcha dalalarda ham bu tizim ishlamayapti

Respublika bo‘yicha 2 million gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani natijasida o‘tgan yilning o‘zida 2 milliard kub metr suv tejaldi. 50 dan ortiq mahalliy korxona bunday texnologiyalarni o‘zimizda chiqarayapti. Shunday bo‘lsa-da, tomchilab sug‘orish joriy qilindi, deb hisobot berilgan barcha dalalarda ham bu tizim ishlamayapti. Qoraqalpog‘istonda esa lazerli tekislashga 10 milliard so‘m subsidiya berilgan bo‘lsa-da, bu mablag‘ ishlatilmasdan qolmoqda.

Mas’ul idoralarga lazerli tekislash, suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Qoraqalpog‘istonda mavjud lazerli tekislangan yerning har gektariga 1 million so‘mdan subsidiya berish tizimi endi Xorazmda ham joriy etiladi. Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard so‘m subsidiya, 2,5 trillion so‘m kredit ajratilishi belgilandi.

Теги :
Jamiyat