$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Benzin narxi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 42-o‘rinni egalladi

Benzin

Global Petrol Prices portali benzin narxlari bo‘yicha reytingni e’lon qildi.

O‘zbekiston 42-o‘rinda

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 litr benzin narxi 0,986 dollarni tashkil qilgan va reytingda 42-o‘rinni egallagan. Bu borada Turkmaniston TOP-10 ga kirdi. Keltirilishicha, Turkmanistonda benzin bir litri narxi 0,0429 AQSH dollari turadi. Ushbu narx esa Turkmanistonni reytingda 8- o‘rinni egallashiga sabab bo‘ldi.

Eng arzon benzin qayerlarda?

Dunyo bo‘ylab eng arzon benzin narxi 0,029 dollar bo‘lib, Eronda qayd etilgan. Bundan tashqari, past narxlar Liviya (0,032 dollar), Venesuela (0,035 dollar), Misr (0,309 dollar), Jazoir, Kuvayt (0,344 dollardan), Malayziya (0,471 dollar) va Nigeriyada (0,485 dollar) ham kuzatilgan.

Eng qimmat benzin Gonkongda

O‘z navbatida, benzinning eng yuqori narxlari Isroil, Barbados, Singapur, Daniya, Shveysariya, Niderlandiya, Lixtenshteyn, Islandiya, Monako va Gonkong kabi davlatlarda qayd etilgan. Eng yuqori narx Gonkongda kuzatilmoqda — bir litr uchun 3,269 dollar.

Markaziy Osiyo davlatlarida qanday ko‘rsatkich?

1. Turkmaniston — 0,0429 dollar (dunyo bo‘yicha 8-o‘rin)

2. Qozog‘iston — 0,507 dollar (11-o‘rin)

3. Qirg‘iziston — 0,874 dollar (30-o‘rin)

4. O‘zbekiston — 0,986 dollar (42-o‘rin)

Tojikiston haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmagan. 2024-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, dunyoda Ai-95 benzinining o‘rtacha narxi bir litr uchun 1,31 dollarni tashkil etadi. Benzin narxining bunday o‘zgarishi ko‘p jihatdan yonilg‘i solig‘ining milliy tuzilmalari va subsidiyalash siyosatidagi farqlar bilan izohlanadi.

Теги :
Jamiyat