$
 12736.48
-21.17
 14193.53
-74.63
 137.60
-0.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil oxirigacha Yevroosiyo taraqqiyot banki Toshkentda o‘z ofisini ochadi

positive

Joriy yil oxirigacha Yevroosiyo taraqqiyot banki Toshkentda o‘z ofisini ochadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hamkorlik

26-sentyabr kuni Samarqandda o‘z ishini yakunlagan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalari banki Boshqaruvchilar kengashining 9-yillik yig‘ilishi doirasida vazir Laziz Qudratov Yevroosiyo taraqqiyot banki (YOTB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda hamkorlik chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Bank raisi O‘zbekiston bankning mintaqadagi asosiy hamkorlaridan biri ekanligini ta’kidlab, yaqin vaqt ichida bir qator yirik davlatlar aksiyadorlar tarkibiga qo‘shilishini ma’lum qildi.

$3,3 mlrd.ga teng loyihalar

Tomonlar umumiy qiymati $3,3 mlrd.ga teng bo‘lgan qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga kelishishdi. Xususan, joriy yilda 5 ta no-suveren loyiha amalga oshiriladi.

Shuningdek, yil oxirigacha Toshkentda YOTBning mamlakat idorasini ochish rejalashtirilgan. Bu orqali tomonlar loyihalarni moliyalashtirishni tezlashtirish va hamkorlikni yaxshilashni maqsad qilgan.

Теги :
Жамият