$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Biz bank xizmatlarining raqamli bozorini haddan tashqari liberallashtirib yuborganmiz” — Markaziy bank raisi

markaziy bank

Esingizda bo‘lsa, joriy yilning 1-noyabridan 2025-yilning 1-apreliga qadar O‘zbekistonda shubhali operatsiyalarga qarshi kurashish maqsadida mobil ilovalarda kreditlarni rasmiylashtirishning vaqtinchalik tartibi amal qilishi haqida xabar bergan edik.Ya’ni fuqarolar qarz olish uchun ariza berishda biometrik identifikatsiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov onlayn kredit berishdagi yangi cheklovlarga izoh berdi.

Asosiy maqsad nima?

Regulyator raisining bunga aniqlik kiritishicha, vaqtinchalik tartib tugagandan so‘ng onlayn kreditlar berish bo‘yicha cheklovlar saqlanib qoladi. Markaziy bank besh oy davomida onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalari asosini belgilovchi mexanizmlarni takomillashtirish hamda qayta ishlashni rejalashtirmoqda.

“Biz bank xizmatlarining raqamli bozorini (onlayn-banking) haddan tashqari liberallashtirib yuborganmiz”, — deya xulosa qildi Nurmuratov.

Markaziy bank raisi asosiy maqsad — fuqarolarning xavfsizligi va mablag‘larini ta’minlash ekanini ta’kidladi. U to‘lov tashkilotlari va banklarning daromadidan tashqari, mablag‘larning xavfsizligini ta’minlash zarurligini ham qayd etdi.

Fuqarolarga 15 mlrd. so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan

Avvalroq Markaziy bank joriy yilning o‘tgan davri mobaynida firibgarlik yoʻli bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 mlrd. so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edi. Shu boisdan endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi. Ushbu talabning o‘rnatilishi kredit olish bo‘yicha ariza fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga yana bir bor oydinlik kiritish imkonini beradi.

Bundan tashqari, fuqaro kredit tashkiloti mobil ilovasidan yangi ro‘yxatdan o‘tib yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirib, birinchi marta onlayn kredit olganda, mazkur kredit ajratilganidan boshlab 48 soat davomida kredit hisobidan ayrim operatsiyalarga (P2P, chet elga pul oʻtkazmalari, onlayn valyuta ayirboshlash va b.) cheklovlar o‘rnatilishi belgilanmoqda.

Теги :
Jamiyat