$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Firibgarlarga qarshi “jang”: Onlayn kredit olishda yangi tartib joriy etildi

kiberxujum

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida firibgarlik yoʻli bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 mlrd. so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Identifikatsiyadan o‘tish talab etiladi

Endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.

Ushbu talabning o‘rnatilishi kredit olish bo‘yicha ariza fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga yana bir bor oydinlik kiritish imkonini beradi.

48 soatlik cheklov

Bundan tashqari, fuqaro kredit tashkiloti mobil ilovasidan yangi ro‘yxatdan o‘tib yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirib, birinchi marta onlayn kredit olganda, mazkur kredit ajratilganidan boshlab 48 soat davomida kredit hisobidan ayrim operatsiyalarga (P2P, chet elga pul oʻtkazmalari, onlayn valyuta ayirboshlash va b.) cheklovlar o‘rnatilishi belgilanmoqda.

Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan 2025-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi.

Теги :
Jamiyat