$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekiston banklari reytingi: 2024-yilda qaysi banklar eng faol bo‘ldi?

bank

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bank sektori tahlili shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston bank sektorida ham barqarorlik, ham e’tibor talab qiladigan qator qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Likvidlilik va moliyaviy ommaboplik koʻrsatkichlarini yaxshilash zarurati mijozlar va investorlarning ishonchini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2024-yilning III choragi uchun “Banklar faollik indeksi”ni yangilandi. Indeks mamlakatdagi 31 ta tijorat banklari uchun, banklarning hajmiga qarab 17 ta yirik va 14 ta kichik banklarga guruhlangan holda hisoblab chiqilgan.

Indeks natijalari qanday aniqlanadi?

Indeks 27 turdagi koeffitsiyentlarni guruhlashtirish, respublika oʻrtacha koeffitsiyenti yoki Bazel qoʻmita talablari bilan solishtirish va reytinglash asosida aniqlanadi. Ushbu reyting Oʻzbekistonda bank sektori barqarorligini baholashning muhim vositasi boʻlib, mamlakat moliya tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushi dinamikasini monitoring qilish, bank sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholashdan iborat.

2024-yilning III choragida Oʻzbekistondagi yirik banklar reytingida barqarorlik kuzatildi, bu esa bank tizimi barqarorligi oshib borayotganidan dalolat beradi. Reytingning birinchi oltiligi oʻz pozitsiyalarini saqlab qolishgan boʻlsa, “Mikrokreditbank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” moliyaviy ommaboplik va likvidliligidagi ijobiy oʻzgarishlar sababidan, koʻrsatkichlarining yaxshilanishi kuzatildi. Biroq, bir qator yirik banklar qiyinchiliklarga duch kelmoqda va boshqaruv strategiyalarini moslashtirish zarurati mavjud.

Reytingda yuqorilagan yirik banklar

Oʻzbekistondagi eng yirik banklarning 2024-yilning uchinchi choragidagi yangilangan reyting banklar pogʻonalarining turlicha dinamikasini koʻrsatdi. 17 ta yirik banklar orasida toʻrttasi oʻz oʻrinlarini saqlab qola olmadi, uchta bank esa oʻz pozitsiyalarini yaxshiladi. Shu bilan birga, 10 ta bank oʻz pogʻonalarini oʻzgarishsiz saqlab qolishdi, bu esa bank sektorda raqobatning kuchayganligini koʻrsatadi.

Yirik banklar reytingida Top–6 banklar Kapital bank, Trast bank, Aziya Alyans bank, Hamkor bank, Ipak yoʻli bank, Orient finans bank oʻz oʻrinlarini saqlab qoldi.

“Mikrokreditbank” joriy chorakda eng yaxshi natijani koʻrsatib, oʻz pozitsiyasini birdaniga ikki pogʻonaga yaxshiladi va reytingda 11-oʻrinni egalladi.

Oʻzsanoatqurilish bank moliyaviy ommaboplik boʻyicha va aktivlar sifati boʻyicha 1 pogʻonaga, likvidlilik boʻyicha birdaniga 3 pogʻonaga koʻtarilganligi sababli umumiy reytingda oʻz oʻrnini 1 pogʻonaga yaxshilagan.

Davlat ulushi mavjud yirik banklardan Xalq banki umumiy reytingda 1 pogʻonaga koʻtarilishiga moliyaviy ommaboplik va likvidlilik boʻyicha 1 pogʻonaga, boshqaruv samaradorligi boʻyicha 2 pogʻonaga yuqorilashishi turtki bergan.

Nega ko‘pchilik banklar “Banklar faollik indeksi”da pastladi?

Oʻzmilliybankning umumiy reytingda 1 pogʻonaga tushib ketishi 2 ta asosiy koʻrsatkichlarda: boshqaruv samaradorligi - 2 pogʻonaga va likvidlilik boʻyicha - 1 pogʻonaga pasaygani bilan izohlanadi.

Shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki moliyaviy vositachilik koʻrsatkichi boʻyicha 4 pogʻonaga pastlashi uning umumiy reytingdagi oʻrnini 1 pogʻonaga pasaytirgan.

Shu bilan birga, davlat ulushi mavjud banklardan Agrobankning yirik banklar umumiy reytingda 1 pogʻonaga tushishiga 3 ta koʻrsatkich boʻyicha: moliyaviy ommaboplik, kapital yetarliligi, likvidlilik boʻyicha 1 pogʻonaga pastlagani bilan izohlanadi.

Reytingning moliyaviy vositachilik (bank depozitlarining kreditlarga nisbati, boshqa bank va davlat oldidagi majburiyatlari) koʻrsatkichi boʻyicha Mikrokreditbank 2 pogʻonaga va Biznesni rivojlantirish bank 4 pogʻonaga pastlagan.

Moliyaviy ommaboplik (har bir filialga toʻgʻri keluvchi mijozlar soni, kredit konsentratsiyalashuvi darajasi va xususiy sektorga berilgan kreditlar hajmi) koʻrsatkichi boʻyicha Orient Finans bank eng soʻnggi 17-oʻrinni saqlab qolgan. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Mikrokreditbank va Infin bank 2 pogʻonaga, Aziya Alyans bank, Aloqabank va Agrobank 1 pogʻonaga pasaygan.

Aktivlar sifati boʻyicha reytingda (ROA, NPL koʻrsatkichlari) Ipoteka bank 1 pogʻona yoʻqotib, eng soʻnggi oʻrinni egallagan. Ushbu reytingda Trast bank 4 pogʻona, Kapital bank, Hamkorbank Mikrokreditbank hamda Turon bank 1 pogʻonaga oʻz oʻrinlarini yoʻqotishgan. Bu, umuman olganda, bank aktivlarida xatarli aktivlar ulushi yuqorilaganini hamda daromad olishdagi qiyinchiliklarni koʻrsatishi mumkin.

Daromad olish salohiyati (sof foizli daromadlar, sof foizli daromadlarning foizli xarajatlariga nisbati, foizsiz daromadlar) ko‘rsatkichi bo‘yicha Asaka bank eng pastki pog‘onani saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Aziya Alyans bank 1 pog‘onaga ko‘tarilib, Ipak yo‘li bank 1 pog‘onaga pasaygan.

Boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichi (har bir ishchiga to‘g‘ri keluvchi foyda, operatsion xarajatlar va foizsiz daromadlar hajmlari) bo‘yicha Turon bank oxirgi 17 o‘rinni qayd etgan. Shuningdek, yirik banklardan Ipoteka bank, O‘zmilliybank va Asaka banklar 3 pog‘onaga, O‘zsanoatqurilishbank 1 pog‘onaga pasayish qayd etishgan.

Likvidlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha (yuqori likvidli aktivlar, likvidlilikni qoplash, sof barqaror moliyalashtirish normasi) Agrobank 1 pog‘ona yo‘qotib, eng so‘nggi 17 o‘ringa tushgan bo‘lsa, ushbu reytingda, Asaka bank birdaniga 4 pog‘ona yo‘qotib 16 o‘rinni egallagan. Shuningdek, Orient finans bank 7 pog‘ona, Trast bank, Ipak yo‘li bank, Turon bank, O‘zmilliybank hamda Infinbank 1 pog‘onaga o‘z o‘rinlarini yo‘qotishgan.

2024-yilning III choragi uchun kichik banklar faolligi reytingi

2024-yilning III choragida kichik banklar reytingida quyidagi dinamika kuzatilmoqda: to‘rtta bank o‘z pozitsiyalarini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Eng yaxshi natijani 5 pog‘onaga ko‘tarilib, umumiy reytingda 8-o‘rinni egallagan Yangi Bank ko‘rsatdi.

Bundan tashqari, to‘rtta tijorat banki o‘z pozitsiyalarini bir pog‘onaga oshirdi, bu esa ularning faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, 14 ta bankdan 5 tasi, jumladan, “Universal bank”, “TBC bank”, “Ziraat bank”, “Poytaxt bank” va “Tenge bank” o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi.

Biroq, to‘rtta bank o‘z natijalarini yomonlashtirdi, bu turli omillar, jumladan, bozor konyunkturasining o‘zgarishi va ichki operatsion muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi chorakda AVO bank eng sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan bo‘lsa, uchinchi chorakda ushbu bank kichik banklarning umumiy reytingida to‘rt pog‘ona yo‘qotdi.

Теги :
Jamiyat