Xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun grant loyihalar tanlovi e’lon qilindi
Bunda olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida bandligini ta’minlagan tadbirkorlar uchun 50 mln. so‘m bo‘lgan grant ajratiladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Olis va chekka hududlardagi mahallardagi ehtiyojmand xotin-qizlar bandligini ta’minlash uchun grant loyihalari tanlovi e’lon qilinadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.
Bandlikni ta'minlaganlik uchun grant
Bunda olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida bandligini ta’minlagan tadbirkorlar uchun har birining qiymati 50 mln. so‘m bo‘lgan grant ajratiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar hujjatlarni 15-sentabr kunidan 15-oktabr kuniga qadar topshirishlari mumkin.
Barcha tadbirkorlar uchun
Ishtirokchilar soni cheklanmagan bo‘lib, olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan respublikada faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar umumlashtiriladi va tanlov komissiyasiga taqdim etiladi.



