O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 3,9 mln. nafardan oshdi
Qayd etilishicha, fuqarolar eng ko‘p ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, maishiy xizmatlar hamda axborot-kommunikatsiya sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan bo’lib, bu ko’rsatkich o’tgan yilgiga qaraganda 97,8% ga yuqoriroq.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 1-sentabr holatiga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 3,9 mln. nafardan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Salkam 2 barobar o’sish
Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 97,8% ga (1,9 mln. nafarga) oshgan.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar umumiy sonining 57%ini erkaklar, 43%ini ayollar tashkil qiladi.
O‘sish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar
Maishiy xizmatlar — 150,8% (984,1 mingta);
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 137,3% (212 mingta);
axborot-kommunikatsiya — 116,3% (54,1 mingta).
Hududlar kesimida eng ko‘p Samarqand viloyatida (456 ming) fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo (399 ming) va Andijon viloyatlari (360 ming) turibdi.
Joriy yilda 318,2 ming fuqaro yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan.



