$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida jamg‘armalar hisobidan grantlar ajratiladi

xotin

“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Yordamlar kambag‘al oilalar reyestriga kiritilganlarga beriladi

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan:

“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar, kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va oylik daromadi iste’mol xarajatlarining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.

Madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari tushumlarining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini sarflashga ruxsat beriladi;

Yordam so‘rab murojaat qilganlarning moddiy ahvoli o‘rganib chiqiladi

“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:

oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha kambag‘al oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga yordam ko‘rsatiladi va ushbu toifadagi shaxslarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi;

“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning ahvolini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini – axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash amalga oshiriladi.

 Kamida 3 nafar xotin-qizga jamg‘armalar hisobidan grantlar ajratilishi belgilanmoqda

Shuningdek, joriy yilning 1-aprelidan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning quyidagi yangi instrumentlari joriy etiladi:

Kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan BHMning 60 baravarigacha grantlar ajratiladi.

Texnogen hodisalar orqali zarar ko‘rgan oilalarning uylari ta’mirlab beriladi

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan:

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasport to‘garaklariga qatnashishi uchun yo‘l haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

6 oy davomida muntazam ravishda sport va san’at to‘garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati BHMining 10 baravaridan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholg‘u asboblarini xarid qilinadi

Yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joylarini tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali BHMning 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatiladi.