$
 11986.30
10.94
 13937.67
-83.08
 163.61
0.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Bakalavr uchun olinadigan testlar qaysi kitoblardan tuzilishi e’lon qilindi

Test

2025–2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda tuziladigan test topshiriqlari qaysi o‘quv dasturlari orqali shakllantirilishi e’lon qilindi.

Test sinovi materiallari

Xabarga ko‘ra, test topshiriqlari Prezidentning “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi, test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi.

Badiiy adabiyotlar va qonunchilik hujjatlari ro‘yxati

Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan. Badiiy adabiyotlar va qonunchilik hujjatlari ro‘yxati o‘quv dasturlariga muvofiq shakllantirilgan.

Ro’yxatni ushbu link orqali ko‘rishingiz mumkin – Bakalavr 2025-2026.

Pedagoglar uchun attestatsiya boshlangan

Ma’lumot uchun, 19-oktyabr 2024-yil avgust-dekabr oylari pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik koʻrish uchun tashkil etilgan onlayn-repetitsiyalar boshlandi.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Теги :
Jamiyat