$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishlaydigan ayollarga qanday yengillik va imkoniyatlar mavjud?

ayol xodim

Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash huquqiga ega. Shu jumladan, xotin-qizlar ham o‘zining mehnat qilishga oid huquqlarini amalga oshirishga haqli. Qonunchilikka ko‘ra, ishlaydigan ayollarga bir qator yengilliklar va imkoniyatlar belgilab qo‘yilgan. Oilaviy vazifalarni bajarish bilan band bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalarga alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda asoslangan tarzda ularga afzallik berish, shuningdek ularni cheklash kamsitish deb hisoblanmaydi.

Ayollarni homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ishga qabul qilmaslik mumkinmi?

Homilador ayollarni ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to‘lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi. Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari mansabdor shaxs tomonidan yozma asoslantirilgan holda homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talabiga ko‘ra 3 kun ichida taqdim etilishi shart. Yozma asosni berishni rad etish ishga qabul qilish qonunga xilof ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilinishiga monelik qilmaydi.

Homiladorligi sababli ayolni yengilroq ishga o‘tkazish Homilador ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Tibbiy xulosaga muvofiq, homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.

Yosh bolali ayollarga qisqartirilgan ish vaqti

3 yoshgacha bo‘lgan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi majburiy tartibda belgilanadi va uning mehnatiga to‘lanadigan haq kamaytirilmaydi.

Mehnat ta’tiliga oid qanday imtiyozlar bor?

Qonunchilikka ko‘ra, birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Lekin ayollarga ularning xohishiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan, oldin yoki undan keyin 6 oy o‘tmasidan har yilgi mehnat ta’tili beriladi.

Ayol xodimni mehnat ta’tilidan chaqirib olish mumkin, lekin barcha ayollarni ham emas. Sababi, homilador ayollarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ayollar mehnatini muhofaza qilish

Ayollar tomonidan ular uchun yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashish taqiqlanadi.

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi ishlaridagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi yoki ular yengilroq ishga yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish normalarini kamaytirish, shuningdek vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddatlari tibbiy xulosaga muvofiq belgilanadi.

Ushbu masala hal etilgunga qadar, ayolning qoldirilgan barcha ish kunlari uchun o‘rtacha ish haqi saqlanadi va ishdan ozod etilishi lozim.

Теги :
Жамият