$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Birinchi yarim yillikdagi eng “chiroyli” avtoraqam 517,14 mln. so‘mga sotib olindi

positive

Joriy yilning 6-sentabr kuni avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida o‘tkazilgan onlayn-auksionda jami 6,35 mlrd. so‘mlik avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Raqamlarning o‘rtacha qiymati

Sotilgan avtoraqamlar soni 1 271tani tashkil etib, tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 5 mln. so‘m bo‘lgan. Shu bilan birga, eng arzon sotilgan avtoraqam qiymati — 1,7 mln. so‘mga teng.

O‘z navbatida, shu kuni birja savdolarida eng qimmat sotilgan avtoraqam qiymati 351,9 mln. so‘mni tashkil etdi.

Bundan oldingi, 5-sentabr kungi savdolarda eng “chiroyli” avtomobil raqami 111,3 mln. so‘mga sotilgandi. Jami 2 495 dona avtoraqam qiymati jami 9,41 mlrd. so‘m bo‘lgan.

Avgustdagi savdolar

Avgust oyida ham tovar-xom ashyo birjasi orqali sotilgan avtoraqamlarda yuqori narxlar qayd etilgandi. Masalan, 23-avgust kuni eng qimmat avtoraqam 315,2 mln. so‘mga, 26-avgustda — 299 mln. so‘mga, 29-avgustda esa har biri 315 mln. so‘mga sotilgan.

Bundan tashqari, 6-avgust kungi onlayn-auksionda xarid qilingan eng “chiroyli” avtoraqam qiymati 403,9 mln. so‘mni tashkil etgan.

Yarim yillikdagi eng qimmat avtoraqam

Birinchi yarim yillikda avtoraqamlar savdosi uch barobarga oshib, 426,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Eng qimmat “chiroyli” avtoraqamni Toshkent shahridan yuridik shaxs 517,14 mln. so‘mga sotib olgan. Shuningdek, 10-iyul kuni sotilgan “chiroyli” avtoraqam qiymati ham 500 mln. so‘mdan oshgan.

Yaqin yillardagi ko‘rsatkichlar

2023-yilda tovar-xom ashyo birjasida 396,1 mlrd. so‘mga 87 ming dona avtomobil raqamlari sotilgan edi. Eng qimmat “chiroyli” avtoraqamni yuridik shaxs 450 mln. so‘mga sotib olgan, bu 2021-yilda o‘rnatilgan rekorddan biroz yuqori ko‘rsatkich bo‘lgandi.

Теги :
Jamiyat