$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qimmatbaho mashinalar sotib oldi

avtomobil

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti “Oʻzbekistonning qurgʻoqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va oʻrmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Qishoq xoʻjaligi vazirligiga dastlabki grant mablagʻlarini ajratgan.

600 mln. soʻmlik “KIA Carnival Prestige”

Qishloq xoʻjaligi vazirligi esa loyihaning samarali topshirilishini ta'minlash hamda loyiha hududlariga muntazzam ravishda xizmat safarlarini amalga oshirish maqsadida qariyb 600 mln. soʻmlik bir dona “KIA Carnival Prestige” avtomobilini xarid qilgan.

FAO bosh direktori tashrifi

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 5-6 sentyabr kunlari BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun'yuy Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.

Vazirlik qarzdor emas undiruvchi

MIB ma'lumotiga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga tegishli STIRda 85,3 mln. soʻm qarzdorlik mavjud. Biroq ushbu holatga aniqlik kiritilganda vazirlik qarzdor emas, balki undiruvchi ekanligi ma'lum boʻldi.

380,9 mln. soʻmga bir dona BYD Song Plus DM-i Champion 

Ijtimoiy tarmoqlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 380,9 mln. soʻmga bir dona BYD Song Plus DM-i Champion rusumli transport vositasi xarid qilinayotgani toʻgʻrisida xabarlar ham tarqaldi. Agentlik matbuot kotibi Sherzod Saparov buni tasdiqladi.

Auksionga qoʻyilgan iqtisodiy samaradorligi past boʻlgan avtomobillar

Qayd etilishicha, agentlik yoqilgʻi-moylash mahsulotlari xarajatlarini tejash hamda byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish maqsadida, agentlik balansidagi iqtisodiy samaradorligi past 2 ta avtotransport vositasi – 2017-yilda ishlab chiqarilgan Captiva hamda 2018-yilda ishlab chiqarilgan qora rangli Malibu-2’ni auksionda sotuvga qoʻygan.

Ularning narxi esa 276 million 249 ming soʻm (Malibu-2) va 253 million 548 ming 617 soʻm (Captiva) etib belgilangan. Agentlik ushbu mashinalardan tushgan pullar hisobiga bir dona yoqilgʻi-tejamkor BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili xarid qilishni reja qilgan.

Tushgan mablagʻlarning 50 foizi byudjet daromadiga yoʻnaltiriladi

“Avtotransport vositalari sotuvidan tushgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda 50 foizi byudjet daromadiga, 50 foizi agentlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Xarid qilinayotgan yangi xizmat avtomashinasi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari doirasida amalga oshirilmoqda”, - deydi Saparov.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda agentlik tasarrufida bir dona “Mersedes-Bens E-400”, toʻrt dona “MALIBU-2” va boshqa shu kabi xizmat avtotransport vositalari mavjud.