Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +9° kechasi +8°

”AvtoVAZ“ O‘zbekistonda “Lada” yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekistonda “Lada” yig‘ish 2021-yilning sentyabr oyida boshlangan edi. Ammo hozirda ishlab chiqarish to‘xtab qolgan.

1 daqiqa o‘qiladi

”AvtoVAZ“ O‘zbekistonda “Lada” yig‘ishni qayta yo‘lga qo‘ymoqchi

Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi istalgan vaqtda O‘zbekistonda ”Lada" yig‘ish uchun avtomobil komplektlarini yetkazib berishni tiklashga tayyor va mahalliy hamkorning qarorini kutmoqda. Bu haqda RIA Novostiga avtomobil ishlab chiqaruvchisi xabar berdi.

“Lada” yig‘ish

O‘zbekistonda 2021-yil sentyabr oyida ”ADM Jizzakh” zavodida “Lada” yig‘ilishi boshlangan. “AvtoVAZ”ning ushbu loyihadagi hamkori “Roodell” kompaniyasi edi. Biroq ishlab chiqarish to‘xtatildi.

Hankor taraf javobi kutilmoqda

“Biz istalgan vaqtda avtomobil komplektlarini yetkazib berishni davom ettirishga tayyormiz. Hozirda yechim mahalliy hamkor tomonida”, — deya javob berdi kompaniya vakili jurnalistlarning savoliga.

“AvtoVAZ” prezidenti Maksim Sokolov 2023-yil bahorida avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi “Lada Vesta” hamkor zavodining ishlab chiqarish liniyasiga qo‘yilishi mumkin.