$
 12225.16
26.06
 14560.17
-25.07
 162.01
1.52
weather
+26
Кечаси   +14°

Haydovchilar tanlovi: Qaysi avtomobillar ishonchni oqladi?

avto

Mashina tanlashda tashqi ko‘rinish yoki tezlik emas, balki eng muhimi ishonchlilikdir. Hech kim tez-tez servisga qatnashni yoki kutilmagan nosozliklarni xohlamaydi. Consumer Reports 2026-yil uchun avtomobil brendlarining ishonchlilik reytingini e’lon qildi. Tadqiqot natijalari ayrim kutilmagan holatlarni ham ko‘rsatdi.  Xo‘sh, 2026-yilning eng mustahkam avtomobili qaysi?

Reyting qanday tuzildi?

Consumer Reports deyarli barcha yangi yengil avtomobillar, pikaplar va SUV’lar bo‘yicha taxminiy inshonchlilik ballarini hisoblab chiqdi. Buning uchun tashkilot o‘z a’zolari orasida o‘tkazilgan yillik so‘rovnomalarga tayandi.

So‘rovlar davomida haydovchilar o‘z mashinalarida uchragan muammolar haqida o‘zlari ma’lumot bergan. Jami 380 mingga yaqin avtomobil haqidagi javoblar tahlil qilinib, brendlar, modellar va dvigatel turlari bo‘yicha umumiy tendensiyalar aniqlangan. Benzinli, gibrid, plagin-gibrid va to‘liq elektr mashinalar alohida solishtirilgan. Natijada har bir brend 0 dan 100 gacha ball oldi. Ball qancha yuqori bo‘lsa, mashina shunchalik kam muammo chiqaradi.

Yetakchilar kimlar va nima uchun oldinda?

2026-yilgi reytingda eng yuqori o‘rinlarni yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilari egalladi. Ular kuchli yettilikning olti pog‘onasini band qilgan. Bunda Toyota 66 ball bilan reytingda birinchilikni qo‘lga kiritdi. Subaru (63) va Lexus (60) ham yuqori natija ko‘rsatdi. Honda 59 ball bilan kuchli to‘rtlikdan joy oldi. Bu brendlarning umumiy jihati — konservativ muhandislik, uzoq yillar o‘zgarmaydigan modellar va sinovdan o‘tgan texnologiyalarga tayanish.

Toyota mashinalari to‘g‘ri parvarish qilinganda 200 ming mildan ortiq masofani muammosiz bosib o‘tishi bilan mashhur. Soddaroq dvigatel va transmissiya yechimlari nosozlik ehtimolini kamaytiradi. Bundan tashqari, Toyota modellari o‘g‘irlik xavfi past bo‘lgan mashinalar qatoriga ham kiradi.

Nissan va Acura ham yuqori natijalar ko‘rsatib, Yaponiyaning uzoq muddatli ishonchlilikdagi ustunligini yana bir bor tasdiqladi.

Yevropa brendlari va Tesla 

Yevropa avtomobillari bu safar o‘rtacha natijalar bilan cheklanishdi. BMW Yevropa brendlari orasida eng yuqori o‘rinni egallab, umumiy reytingda 5-o‘rinni band qildi va ayrim yapon raqiblarini ortda qoldirdi.

Biroq Volkswagen, Audi, Mercedes-Benz va Volvo kabi mashhur mashinalar 40–45 ball atrofida baholandi. Mutaxassislar buni murakkab elektron tizimlar va tez-tez yangilanadigan platformalar bilan izohlaydi.

Reytingdagi eng qiziqarli o‘zgarishlardan biri — Tesla bilan bog‘liq. Kompaniya bir yil ichida 8 pog‘onaga ko‘tarilib, 9-o‘rinni egalladi. Bunga Model 3 va Model Y’ning so‘nggi yillarda yaxshilangani sabab bo‘lgan. Bu holat elektromobillar texnologiyasi tobora pishib borayotganini ko‘rsatadi.

Ayni paytda Jeep, Ram va Rivian kabi brendlar quyi o‘rinlarda qoldi. Yangi platformalar, kuchli dizayn va yuqori unumdorlikka urg‘u berish ba’zan dastlabki ishonchlilik muammolarini keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

Теги :
Jamiyat