$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Xitoydan ikkinchi bozor avtomobillarini sotib olishda faollik ko‘rsatmoqda

Avtomobillar

2024-yilda Xitoy 400 mingta foydalanilgan avtomobil ekport qilgan. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei agentligi xabar berdi.

Teng yarmi O‘zbekiston Qirg‘iziston va Rossiyaga eksport qilingan

Ta’kidlanishicha, Xitoydan eksport qilingan 400 mingta foydalanilgan avtomobilning qariyb yarmi Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiyaga yetkazib berilgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Xitoy oʻtgan yil ishlatilgan avtomobillar eksportini 45 foizga oshirib, rekord koʻrsatkichni qayd etgan.

Xitoy avtomobil eksporti bo‘yicha Yaponiyani ortda qoldirgan

Nikkei maʼlumotlarida keltirilishicha, 2023-yilda Xitoy yangi avtomobillar yetkazib berish hajmi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallab, Yaponiyani ortda qoldirdi. Oʻshanda Xitoy chet elga 4,91 million avtomobil yetkazib bergan boʻlib, bu 2022-yilga nisbatan 57,9 foizga koʻp.

O‘zbekistonning avtomobil importi

O‘tgan yili O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 80 235 ta yengil avtomobil import qilingan. 2023-yilga nisbatan miqdor jihatidan hajm 7 foizga (5710 birlik), pul mablag‘lari bo‘yicha esa 33,1 foizga (-632,6 million dollar) kamaygan. Avtomobillarning asosiy qismi Xitoydan kirib kelgan. Ikkinchi eng yirik import hamkorimiz Janubiy Koreya bo‘lgan. 

Теги :
Jamiyat