$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Kutilgan tendensiya: Elektr va gibrid avtomobillar importi birinchi marta an’anaviy benzinli mashinalar importidan oshib ketdi

Tesla

 

2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga elektr va gibrid avtomobillar importi birinchi marta an’anaviy benzinli mashinalar importidan oshib ketdi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

80 235 ta yengil avtomobil importi

O‘tgan yili O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 80 235 ta yengil avtomobil import qilingan. 2023-yilga nisbatan miqdor jihatidan hajm 7 foizga (5710 birlik), pul mablag‘lari bo‘yicha esa 33,1 foizga (-632,6 million dollar) kamaygan.

Benzinli avtomobillar importi 36,3 foizga yamaygan

Ushbu hajmning 32 928 tasi benzinli avtomobillarga to‘g‘ri kelib, ularning importi 36,3 foizga kamaygan (51 699 ta edi), pul ifodasida esa 1,18 milliard dollardan 707,2 million dollargacha (-40 foiz) tushgan. Yil davomida an’anaviy avtomobillarning importdagi ulushi 64,4 foizdan 44,2 foizga pasaygan.

Elektr va gibrid avtomobillar importida esa 42 foizlik o‘sish

Shu bilan birga, ekologik toza transport vositalari importi oshgan. Xususan, benzin va elektr o‘tkazmali gibrid avtomobillar importi 42 foizga ko‘payib, 12 300 donadan 17 480 donaga yetgan. Qiymat ifodasida o‘sish 17 foizni tashkil etib, 339,3 million dollarga yetgan. Importdagi ulushi 15,3 foizdan 23,4 foizga ko‘tarilgan.

Elektromobillar yetkazib berish 1,5 barobarga — 16 084 tadan 24 095 taga oshgan. Biroq pul ifodasida ularning qiymati 48,2 foizga — 224,8 million dollargacha pasaygan. Elektromobillarning importdagi ulushi 20 foizdan 32,3 foizga ko‘tarilgan.

Elektromobillarning o‘rtacha narxi

Import qilinayotgan elektromobilning o‘rtacha narxi deyarli uch barobarga — 26 972 dollardan 9 330 dollargacha (bu QQS va bojxona yig‘imlaridan oldingi narx), gibridlarniki — 23 570 dollardan 19 410 dollargacha (-17,6 foiz), ichki yonuv dvigatelli avtomobillarniki esa — 22 858 dollardan 21 476 dollargacha (-6 foiz) kamaygan.

Shunday qilib, gibridlar va elektromobillarning ulushi 55,8 foiz bo‘lib, benzin analoglaridan (44,2 foiz) yuqori bo‘lib chiqdi, mutlaq qiymatda esa — 33 564 ga nisbatan 32 928.

Теги :
Jamiyat