$
 12774.98
-15.14
 13914.51
-21.6
 130.14
0.11
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda raqamli bank sohasida yangi bosqichning boshlanishi — AVO bank

avo

Innovatsion raqamli AVO bank foizsiz davrga ega AVO platinum kredit kartasini ishga tushirdi. Mahsulot har bir o‘zbekistonlik uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirishga yordam berishni maqsad qilgan. 

O‘zbekiston bozorida analogi bo‘lmagan bonus dasturi

Qiziqarlisi, bank AVO platinum kredit kartasini ishga tushirish bilan birgalikda O‘zbekiston bozorida analogi bo‘lmagan bonus dasturini taqdim etmoqda. Bankning mobil ilovasi orqali raqamli identifikatsiyadan o‘tgan har bir mijoz bepul virtual kartadan tashqari, bonus hisobiga 250 000 so‘m ham oladi. Ushbu bonuslar kommunal xizmatlar, mobil aloqa va bank komissiyalari kabi kundalik xarajatlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin.

Bundan tashqari, mijozlar istalgan paytda do‘stlari va tanishlarini AVO bankning raqamli moliyaviy xizmatlaridan foydalanishga taklif qilish orqali bonus balanslarini to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.