$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

airways

Uzbekistan Airways 2024-yilning 15-noyabridan e’tiboran Toshkent-Lahor-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Pokiston bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda

Ma’lum qilinishicha, hozirda O‘zbekiston va Pokiston shaharlari o‘rtasida yangi yo‘nalishdagi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Ikki mamlakat hamkorligi yo‘lidagi loyiha

Shuningdek, “O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan pokistonliklar uchun viza rasmiylashtirish tartibining soddalashtirilgani hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilayotgani Pokiston jamiyati uchun quvonarli hodisa bo‘ldi.

Mintaqalarimiz o‘rtasida qayta tiklanayotgan aloqalarga yangicha mazmun baxsh etadi. Ishbilarmonlar uchun vaqt eng qimmatbaho ne’mat va qayta tiklanmas resurs hisoblanadi. Biznes doira vakili sifatida ishonch bilan ayta olamanki, yo‘lga qo‘yilayotgan yangi aviamarshrut ikki mamlakat tadbirkorlarining o‘zaro safarlari davomida sarflanadigan vaqtini tejab, aloqalarni jadallashtiradi, yangi qo‘shma loyihalar uchun yo‘l ochadi”, — dedi O‘zbekistonning Pokistondagi faxriy konsuli Najib Vohra.