$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“GAB Airlines” aviakompaniyasi tashkil etilgani haqidagi xabarlar rad etildi

samolyot

So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalarida “GAB Airlines” nomli yangi aviakompaniyaning tashkil etilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Ammo ushbu xabarlar “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlanmagan.

 Aviakompaniya tashkil etilishi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar

Ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonda yangi “GAB Airlines” aviakompaniyasi tashkil etilgani va Airbus-320 va Airbus-330 havo kemalarida parvozlarni amalga oshirishi haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi va tegishli qonunchilikka ko‘ra, aviakompaniya sifatida faoliyat yuritish uchun yuridik shaxs “O‘zaviatsiy” agentligidan havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olishi shart. Ushbu sertifikat olinmaguncha, havo tashuvlarini amalga oshirish huquqi berilmaydi. 

 “GAB Airlines” hujjatlarni taqdim etmagan

O‘zini “GAB Airlines” deb atayotgan tashkilot hozirgi kunga qadar “O‘zaviatsiya” agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etmagan. Shuningdek, tashkilot havo kemalarini sotib olgani yoki lizing asosida olgani haqida ham ma’lumot bermagan.

“Ommaviy axborot vositalarida “GAB Airlines” aviakompaniyasi tashkil etilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Tashkilot hali qonuniy talablarni bajarmagan va aviasiya sohasida faoliyat yuritish uchun yetarli huquqqa ega emas”, – deyiladi rasmiy xabarda.