Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +12° kechasi +9°

Rossiyaga aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi mumkin

Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi Rossiya transport vazirligiga yig‘imlarni oshirish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgani aytilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga aviachiptalar narxi ikki barobarga oshishi mumkin

Rossiyada aviachiptalar narxi yana oshishi kutilmoqda. Bunga sabab — aerodromlarni kapital ta’mirlash xarajatlari o‘sayotgani. Aerodromlarni moliyalashtirish esa yo‘lovchilarning hissasiga tushmoqda. Bu haqda ABN24 nashri ma’lum qildi.

Xalqaro reyslar 100 foizga oshadi

Rossiya Transport vazirligining loyihasiga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalari uchun aeronavigatsiya yig‘imi ichki reyslarda 37 foizga, xalqaro reyslarda esa 100 foizga, ya’ni ikki barobarga oshadi. Havo transporti operatorlari assotsiatsiyasi (АЭВТ) Rossiya transport vazirligiga yig‘imlarni oshirish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgani aytilmoqda. Agar vazirlik “АЭВТ” taklif qilgan yengilliklarga rozi bo‘lmasa, aviachiptalar narxi oshadi.

Qoidalarga kiritiladigan o‘zgarishlar aviaparvozlarga bo‘lgan talabni kamayishi, shuningdek, Rossiya aviakompaniyalarining raqobatbardoshligini pasaytirishi mumkin.

Narxlar allaqachon 20 foizga oshib ulgurgan

Bundan bir necha kun oldin ABN24 nashri 2024-yilning birinchi yarmida Rossiya Federatsiyasida samolyot chiptalari narxi 20 foizga oshganini ma’lum qilgan edi. Bunga esaTransport vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunga rossiyaliklar o‘rtasida reyslarga bo‘lgan talabning ortishi sabab bo‘layotgani keltirilgan.

Ilgari Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi aviachiptalar uchun rasmiy narx chegarasini belgilashni rejalashtirgan edi. Ular aeroport xizmatlari tariflari va aviatsiya yoqilg‘isi narxlarini pasaytirish hisobiga narxlarning oshishiga chek qo‘yishni rejalashtirgan.