$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda O‘zbekistondagi yangi rezident aviakompaniyalar Janubiy Koreyaga parvozlarni amalga oshirishi mumkin

O‘zbekistondagi yangi rezident aviakompaniyalar

Transport vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari hamrohligida Seul shahrida Koreya aviatsiya ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonning yangi rezident aviakompaniyalari Janubiy Koreyaga parvozlarini yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq kelishuvga erishildi.

Parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi

Ma’lum qilinishicha, Toshkent va Seul aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash va parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar mobaynida O‘zbekiston bilan Koreya aviatsiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovni bekor qilish, ularga parvozlar uchun tegishli huquqlar berish, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uzbekistan Airways va boshqa rezident aviakompaniyalar parvozni amalga oshiradi

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi, shuningdek, kelgusida O‘zbekiston tomonidan tashkil etilgan yangi rezident aviakompaniyalar (Qanot Sharq, My Freighter, Air Samarkand) tomonidan ham amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat aviatsiya hukumatlari o‘rtasidagi oxirgi maslahatlashuvlar 2018-yilda o‘tkazilgan bo‘lib unga ko‘ra ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan etib belgilangan va har bir tomondan 2 tadan aviakompaniyalarga aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqi berilgan edi.