Putin yadro qurolidan foydalanishning yangi shartlarini e’lon qildi
Unga ko‘ra yadro quroliga ega bo‘lmagan davlat bunday qurolga ega mamlakat ko‘magida Rossiyaga tajovuz qilsa, bu birgalikdagi hujum deya baholanadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yadroviy doktrinani o‘zgartirish zarurligini ta’kidlagan.
Yadroviy quroldan foydalanish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy quroldan foydalanish tamoyillarini o‘zgartirish va yadroviy to‘siq bo‘yicha davlat siyosati asoslarini yangilashni taklif qildi.
“Har qanday yadroga ega bo‘lmagan davlat tomonidan, lekin yadroviy davlat ishtirokida yoki ko‘magida Rossiyaga qarshi tajovuzni ularning Rossiya Federatsiyasiga qo‘shma hujumi deb hisoblash taklif qilinmoqda“, dedi u 25-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Harbiy tahdidlarning yangi manbalari
U mavjud me’yorlarni tuzatish zarurligini hozirgi harbiy-siyosiy vaziyatdagi “dinamik o‘zgarishlar“ va Rossiya Federatsiyasi hamda uning ittifoqchilariga “harbiy tahdidlar va xavflarning yangi manbalari paydo bo‘lishi“ bilan bog‘ladi.
Putin Rossiya Federatsiyasi va Belorussiyaga qarshi “agressiya sodir bo‘lgan taqdirda yadro qurolidan foydalanish huquqini“ o‘zida saqlab qolishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Aleksandr Lukashenko bilan “bu masalalarning barchasi kelishilganini“ ma’lum qildi.
Doktrina o‘zgartiriladimi?
“Yadro qurollari, shu jumladan, agar dushman oddiy qurollardan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasi yoki Belarus suverenitetiga jiddiy xavf tug‘dirsa, qo‘llaniladi“,- dedi Rossiya prezidenti.
Ayni paytda, 2020-yildan beri amalda bo‘lgan Rossiyaning yadroviy to‘xtatuvchilik doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritilishi noma’lumligicha qolmoqda.
Ushbu hujjat Rossiya Federatsiyasi o‘ziga yoki uning ittifoqchilariga qarshi yadroviy hamda boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga javoban yadro qurolidan foydalanishi mumkinligi haqidadir.



