$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik tekshiruvi o‘tkaziladi

atom

21-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Qaror bilan endilikda atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik tekshiruvi o‘tkaziladi.

Qo‘mita qachon tashkil topgan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitas”i tashkil etildi.

Asosiy vazifalari

Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Yadro energiyasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash;

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash;

Ushbu sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

Amalga oshirilgan ishlar

Qo‘mita tarkibida Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti hamda Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etilgan.

Qo‘mita tashkil etilganidan so‘ng, uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”  tasdiqlandi.

Shuningdek, Qo‘mita huzurida Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi tashkil etilib, uning faoliyatini 2024–2026-yillarda bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Atom energiyasidan foydalanishda normativ baza shakllantiriladi

21-yanvar kuni qabul qilingan hukumat qarori bilan radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Unga ko‘ra, quyidagilar “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat siyosatini yuritish va tartibga solish, shuningdek ilmiy-texnik ishlar asosida takliflar ishlab chiqish;

atom energiyasidan foydalanish obyektlaridan foydalanishda xavfsizlik bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish;

atom energiyasidan foydalanish sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha normativ bazani rivojlantirish va takomillashtirish;

radiatsiya va yadro xavfsizligi masalalari bo‘yicha davlat dasturlari, xalqaro loyihalar hamda dasturlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlash;

radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy asoslangan xavfsizlik, modellashtirish va hisoblash tahlilini o‘tkazish;

radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish sohasida ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish, yaratish, shakllantirish va saqlash;

o‘z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

Yuqoridagi belgilangan yo‘nalishlar asosida qo‘mitaning kelgusida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlar va faoliyati belgilab berildi.