Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +12° kechasi +9°
Читать на русском

Rossiya armiyasiga yollanayotgan barcha o‘zbekistonliklar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortiladi

Bosh konsulxona yurtdoshlarimizni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya armiyasiga yollanayotgan barcha o‘zbekistonliklar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortiladi

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi. Diplomatik vakolatxonaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarosining fuqaroligi prezident farmoniga ko‘ra bekor qilinmagunga qadar uning xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli ekanligi e’tirof etilmaydi.

Istisnosiz jinoiy javobgarlik

“Shu munosabat bilan, konsullik vakolatxona Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra “yollanish” — xorijiy davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o‘tadi.

Bosh konsulxona Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi”, — deyiladi diplomatik vakolatxona bayonotida.

Shuningdek, Bosh konsulxona yurtdoshlarimizni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.