$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Olmaotada 1 700 litr olma sharbati tayyorlanib, jahon rekordi yangilandi

olmafest

Olmaota shahri tug‘ilgan kunida Ginnes rekordlar kitobiga kirdi. Shahar kunida o‘tkazilgan olma festivalida 1700 litr olma sharbati tayyorlandi.

1 700 litr olma sharbati

Olmaota shahri o‘zining tug‘ilgan kunini Alma Fest olma festivali kunlari, har yili sentyabr oyida nishonlaydi. Bu festival shaharning yil sayin o‘tkaziladigan bayrami hisoblanadi va turli joylarda, jumladan, Birinchi Prezident bog‘ida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi. Olmaotaning 2024-yildagi shahar kuni ham shu tarzda, 13-Alma Fest - olma festivali orqali keng nishonlandi. Bu yerda 1700 litr olma sharbati tayyorlandi. Shu tariqa, tashkilotchilar nafaqat Qozog‘iston, balki dunyo rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar beradi ZTB News.

Sharbat savdosi orqali tushgan mablag‘ xayriya qilinadi

Sharbat professional oshpazlar jamoasi tomonidan tayyorlandi va festival mehmonlari undan tatib ko‘rishga muyassar bo‘lishdi. Bir litrli sharbatning narxi 500 tenge (13,263 so‘m) etib belgilangan. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, sharbat savdosi orqali tushgan mablag‘ xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi. Aniqroq aytganda, mablag‘ shahar bog‘lari uchun qush uyalari va daraxt ko‘chatlari xarid qilishga sarflanishi rejalashtirilgan. Festivalda jami 130 xil olma navlari namoyish etilgan.

Bu Olmaotaning rekordlar kitobidan 3-bor joy olishi

Olmaotaning Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishi birinchi marta emas. Avval ham shahar bir nechta jahon rekordlarini o‘rnatgan. Masalan, 2015-yilda Olmaotada eng katta beshbarmoq tayyorlanib, u 736,5 kg vaznga ega bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Ushbu an’anaviy taomning katta hajmdagi tayyorlanishi o‘z vaqtida nafaqat Qozog‘iston, balki xalqaro miqyosda ham keng e’tibor qozongan.

Shaharning boshqa bir qator yutuqlari ham ushbu nufuzli kitobda o‘z o‘rnini topgan. Masalan, 2023-yilda Olmaotadagi Shimbuloq tog‘ kurorti dunyodagi eng baland tungi chang‘i yo‘lagi bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi. Bu yo‘lak 3200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu yutuq rasmiy ravishda Ginnes rekordlari tomonidan tasdiqlangan.

Теги :
Jamiyat