Apple har yili gadjetlarning yangi versiyasini chiqarishni to‘xtatadi
Kompaniya o‘z smartfonlariga yangi funksiyalarni qo‘shishga jismonan ulgurmayotganligi ta’kidlanmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Apple korporatsiyasi har yili o‘z mahsulotlarining yangi versiyalarini chiqarishdan bosh tortishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi sharhlovchisiga tayanib xabar berdi.
Bu yanada sifatli va original qurilmalarni yaratish imkonini beradi
Hozir Apple har yili o‘z qurilmalarining yangi versiyalarini taqdim etadi, ammo kelajakda kompaniya yanada moslashuvchan yondashuvga o‘tishi va mahsulotlarni to‘liq tayyor bo‘lgandagina chiqarishi mumkin. Bu yanada sifatli va original qurilmalarni yaratish imkonini beradi.
Qurilmalarni har yili yangilash samarasiz
Gurmanning ta’kidlashicha, barcha qurilmalarni har yili yangilash samarasiz va hozirning o‘zidayoq Apple iPad, Apple Watch va MacBook kabi ba’zi mahsulotlarning yangi versiyalarini muntazam chiqarmayapti. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, iPhone yiliga bir marta barqaror ravishda ishlab chiqarilaveradi.
Apple o‘z mahsulotlarining sifati o‘rtasidagi muvozanatni topishi kerak
Shuningdek, tahlilchi har yili gadjetlarni ishlab chiqarishning afzalliklariga, jumladan, xodimlar uchun motivatsiya va investorlar uchun aniqlikka ishora qildi. Biroq, uning fikricha, Apple ushbu afzalliklar va o‘z mahsulotlarining sifati o‘rtasidagi muvozanatni topishi kerak bo‘ladi.
“Apple mahsulotlarni qachon ishlab chiqarishi, ular tayyor bo‘lganda moslashuvchan yondashuvga o‘tishi va agar ular tayyor bo‘lmasa, ularni chiqarmasligiga to‘g‘ri keladi”, — deya xulosa qildi insayder.



