Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +9° kechasi +8°

Kasallangan milk va tishlar Alsgeymerni keltirib chiqaradi

Bu bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan nevrolog keksalarga tish va milklar salomatligiga e’tiborli bo‘lishni va zarur bo‘lganda protez tishlar qo‘yishni tavsiya qilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Kasallangan milk va tishlar Alsgeymerni keltirib chiqaradi

Kasallangan milk va tishlar Alsgeymer kasalligini keltirib chiqarishi aniqlandi. Bu borada mutaxassisning ta’kidlashicha, keksalar tish va milklar salomatligiga e’tiborli bo‘lishi va zarur bo‘lganda protez tishlar qo‘yishi lozim.

 Kasallik asab tizimida rivojlanadi

Rossiyalik olimlar og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini aqliy zaiflikning paydo bo‘lishiga olib keladigan omillar royxatiga kiritdi. Bu haqda The Voice Mag jurnali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, neyrodegenerativ kasalliklar bejizga eng xavfli va yashirin deb atalmaydi: ular markaziy asab tizimida rivojlanadi va hujayralar o‘limi mazkur jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydigan vaqtdagina aniqlanadi. Olimlar demensiyaning turli shakllarini avvaldan aniqlash va kasallikni erta davolashning yangi usullarini tinimsiz izlamoqda.

Alsgeymer yallig’lanuvchi bakteriyalar orqali kelib chiqishi mumkin

Jumladan, N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti nevrologi, Rossiya gerontologik tadqiqot-klinik markazi laboratoriyasining katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Mariya Cherdak Alsgeymer kasalligining rivojlanish sabablaridan birini aniqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keksayganda ruhiy xastaliklar yuzaga kelishiga og‘iz boshlig‘ida turli yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan bakteriyalar sabab bo‘lishi mumkin.

Tishlar salomatligini asrash uchun protez tishlar qo‘yish zarur

Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, tish va milklarning yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan odamlarda Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimoli ko‘proqdir. Mazkur xastaliklarning o‘zaro bog‘liqlik mexanizmi hozircha to‘liq o‘rganilmagan. Biroq ushbu nazariya quyidagicha tushuntiriladi:

Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarda hosil bo‘ladigan mikroorganizmlar bevosita yoki tananing immun reaksiyasi orqali amiloid oqsilining ishlab chiqarish jarayonini boshlab yuborishi mumkin. Aynan shu oqsil bosh miya hujayralarining shikastlanishiga olib keladi va Alsgeymer kasalligini keltirib chiqaradi. Boshqa davlatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ham og‘iz boshlig‘i salomatligi va neyrodegenerativ kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligini tasdiqlaydi.

Shuningdek, doktor Cherdak keksalarga tish va milklar salomatligiga e’tiborli bo‘lishni va zarur bo‘lganda protez tishlar qo‘yishni tavsiya qildi. Chunki bosh miya kasalliklariga nafaqat infeksiya, balki tishlar yetishmasligi yoki kasallanishi sabab bo‘lishi mumkin.