$
 12967.00
11.74
 13352.12
25.04
 126.49
0.05
weather
+26
Кечаси   +14°

Mobil aloqa faoliyatiga salbiy ta’sir qilgan 458 ta noqonuniy radioelektron vositalar faoliyatiga chek qo‘yilgan

aloqa

Mobil aloqa faoliyatiga salbiy ta’sir qilgan 458 ta noqonuniy radioelektron vositalar faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Ruxsora Masharipova ma’lum qildi.

Sohaga oid murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga kamaygan

Ma’lum qilinishicha, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida qonun hujjatlari va davlat standartlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan 885 ta nazorat tadbirlari tashkil etilgan, xususan 10 ta tashkilotda tekshirish va 875 ta obyektlarda oʻrganishlar oʻtkazilgan. Nazorat tadbirlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 62 foizga ortgan.

Tadbirlar davomida 1 424 ta kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha 13 ta tashkilotga koʻrsatma, 1 ta idoraga taqdimnoma, 13 ta tashkilotga 481 ta xulosa va takliflar, 19 ta tashkilotga 59 ta ogohlantirishlar kiritilishi, 33 nafar masʼul xodimlarga intizomiy choralar qoʻllanilishi natijasida, 1 100 dan ortiq kamchiliklar bartaraf etilgan.

Sohaga oid yoʻnalishlarda oʻtkazilgan monitoring tadbirlarida 15 505 ta kamchiliklar aniqlanib, koʻrilgan choralar natijasida kamchiliklarning 13 940 tasi bartaraf etilgan hamda qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan 358 nafar shaxsga, jumladan 139 nafar jismoniy va 219 nafar yuridik shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilgan.

2024-yilda xizmatlar sifatiga doir 8 348 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 7 628 tasi qanoatlantirilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan murojaatlar soni 28 foizga kamaygan.

Tarmoqlarni raqamlashtirishga oid 1 200 dan ortiq loyihalar ijrosi monitoring qilingan

2024-yilda mahallalarda tashkil etilgan 172 ta sayyor qabullarda 4 mingdan ortiq aholi vakillari ishtirok etgan hamda ulardan kelib tushgan 687 ta murojaatlar koʻrib chiqilgan. Shundan, 622 tasi qanoatlantirilgan, 42 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, korxonalar aybi bilan deb topilgan murojaatlar yuzasidan 4 ta tashkilotda tekshirish o‘tkazilib, 21 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar, 94 nafar xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilgan.

Soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga oid belgilangan 1 200 dan ortiq loyihalar ijrosi monitoring qilinib, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha vazirik va idoralarga 275 ta ogohlantirishlar berilgan.

Vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlari orqali koʻrsatilayotgan 304 ta elektron davlat xizmatlari va 678 ta qoʻshimcha elektron xizmatlarini koʻrsatish holati monitoring qilinib, 60 dan ortiq kamchiliklar aniqlangan, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha 26 ta tashkilotga ogohlantirishlar berilgan hamda ularni bartaraf etish ta’minlangan.

Vazirlik va idoralarning 1037 ta axborot tizimlari, 39 ta axborot resurslari, 52 ta mobil ilovalar, 68 ta elektron platformalar va 83 ta portallar faoliyati monitoring qilingan. Monitoringda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 8 ta vazirlik va idoralarda oʻrganish oʻtkazilgan.

Pochta xizmatlarida ham tegishli tartibda tekshiruvlar o‘tkazilgan

Shuning bilan birga, aholiga koʻrsatilayotgan mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan 458 ta noqonuniy foydalanilayotgan radioelektron vositalar faoliyatiga chek qoʻyilgan.

Pochta aloqa xizmatlarini koʻrsatish nazorati yoʻnalishida yoʻllangan xat-xabarlarni belgilangan muddatlarda manziliga yetkazilayotganligi holati monitoring qilinib, 2 072 ta kamchilik aniqlangan, ularga yoʻl qoʻygan 59 nafar maʼsullarga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilgan.

Davlat organlari va tashkilotlarining 80 dan ortiq Call-markaz va ishonch telefonlari faoliyati monitoring qilinib, 41 ta aloqa markazlari texnik faoliyatida kamchiliklar aniqlangan, ularga 25 ta koʻrsatma, 9 ta taqdimnoma va 41 ta ogohlantirishlar chiqarilib, kamchiliklar bartaraf etilgan.

Oʻz navbatida aytish kerakki, bugungi kunda sohaga oid murojaatlarni qabul qilish uchun inspeksiyaning qisqa 1144 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyat yuritib kelmoqda.