$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Komil Allamjonov lavozimidan ozod etildi

Komil Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Komil Ismoilovich Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Rasmiy axborot

Bu haqdagi ma’lumotni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Komil Allamjonov yurtimizda so‘z erkinligini rivojlantirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va xalq ta’limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev belgilab bergan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda katta natijalarga erishdi. Komil Ismoilovich bilan yaqindan ishlagan ko‘p sonli hamkasblarimiz qatorida uning kasbiy mahoratini yuksak baholab, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolaman” , — deb yozadi Sherzod Asadov.

Komil Allamjonovning karyerasi

Ma’lumot uchun, Komil Allamjonov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bitiruvchisi hisoblanadi. 2022-yil iyulida O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 2023-yil avgustida administratsiya Axborot siyosati departamentining rahbari bo‘lgan. Ungacha 2019-yil fevralidan Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori lavozimida, 2020-yil yanvar oyidan buyon Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Hozircha Allamjonov qaysi lavozimga tayinlangani haqida ma’lumot mavjud emas.

Теги :
Jamiyat