$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Otalar tog‘ bo‘lardi. Bugun zo‘ravon, nomussiz, alimentdan qochib yuradigan, xotinboz

Alisher Qodirov


Har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida ko‘plab mamlakatlarda otalar sharafiga maxsus Otalar kuni nishonlanadi. Ammo O‘zbekistonda bu kun unchalik ommalashmagan. Deputat Alisher Qodirov yurtimizda ushbu kunni ommalashtirish zarurligi haqida aytib o‘tdi.

“Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur. Otalar tog‘ bo‘lardi. Bugun zo‘ravon, nomussiz, alimentdan qochib yuradigan, xotinboz va hokazo… Nafaqat oilada, butun jamiyatda erkakni, ya’ni amaldagi yoki bo‘lajak otalar ohorini to‘kib, nomini oyoqosti qilib yubormayapmizmi? Buning oqibati nima bo‘ladi?” - deb yozadi Alisher Qodirov.

Nega onalar, tarbiyachi va o‘qituvchi ayollar bu qadar asabiy?

Bog‘cha va maktabni erkak tarbiyachi va o‘qituvchilar tashlab ketganiga ancha bo‘ldi. So‘nggi yillarda erkaklar oiladan ham siqib chiqarilayotgandek… 

Millat taqdiri quriladigan bu maskanlar rad etilayotgan otalikning achchiq mevalari - asabiy ayollarning eʼtirozlari bilan bo‘g‘ilmayaptimi? Nega onalar, tarbiyachi va o‘qituvchi ayollar bu qadar asabiy?

O‘zbek erkaklari hammasi zo‘ravon degan qarashlar..

Turli millatlarda qadriyatlar turlicha bo‘ladi, bizniki ham o‘zimizga xos. Ming yillar shakllangan qadriyatlarimizda erkak va ayol munosabatlaridagi muvozanatni ayol farovonligining asosiy dushmani deb ko‘rsatayotganlar, allaqachon oila va otalikni yanchib tashlab bo‘lgan madaniyatlar targ‘ ibotchilariga tashlab qo‘ymayapmizmi? 

Ahmoq hamma millatda topiladi, ikkita zo‘ravon, tarbiyasizni bosh sahnaga chiqarib, o‘zbek erkaklari hammasi zo‘ravon, ayolini xor qiladi degan qarashlarni yoshlarimizga singdirilishini oqibati nima bo‘ladi? 

Milliy oila madaniyati

Bugungi oila buzilishlarining asosiy sababi yoshlar birgalikda sabr bilan o‘tishlari kerak bo‘lgan muammolar, lekin tomonlar bir-biriga ishonchini yo‘qotmoqda. Asossiz xavotir, ayblov, g‘ iybat va tuhmat urchib ketishiga sabab shu emasmi?

Muvozanatli murosa, oqibati halovot va maʼrifatli farzandlar bo‘lgan milliy oila madaniyatimiz, otalarni rad etayotgan, erkak-ayol munosabatlarida inqirozga tushib qolgan madaniyatlar taʼsirida qolib ketayotgandek…

Bizning qadriyatlarimiz ayollarining qomati va hadsizligi emas, oilaparvarligi, hayo va maʼrifati bilan faxrlangan.

Ota, erkak — jamiyat shaʼni shavkatini himoyachisi! 

Mukarram va hikmatli onalar bu himoyachilarni tarbiyalovchilardir!

Biz saylov dasturimizda farzand ko‘rgan ayollarga tarbiya treninglarida ishtirok etish sharti bilan 3 yilgacha haq to‘lanadigan onalik taʼtili berish taklifi ustida ishlayapmiz. 

Agar onalar shavkatli farzandlar uchun halovatidan kechmasa, otasını tanimaydigan farzandlar nafaqat onasi, balki butun jamiyatni nafsiga qurbon qiladi. 

Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur. 

Oila munosabatlarimiz jiddiy tadqiq qilinishi kerak, bu milliy taraqqiyotni taʼminlashga xizmat qiladigan muhim xulosalarga olib keladi. Yana bir bor, Otalar kuni muborak bo‘lsin.