$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boshqa til o‘rgatilmasligi kerak” — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” DP MK raisi Alisher Qodirov Rus millatiga mansub bir vatandoshning nima uchun rusafobligi haqidagi savoliga javob berdi.

Hukumatning mahoratiga bog‘liq

“Javobim oddiy, men hech qanday rusafob emasman! Sovetafob ekanligimni tan olaman! Sovet davlati tariximiz, to‘g‘ri, lekin tariximizning qora qog‘ozlarida qolib ketishi, kelajagimizda bo‘lmasligi kerak deb hisoblayman.
Rossiya katta va qudratli qo‘shnimiz. Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlanishdan manfaatdormiz, albatta. Ayrim masala va maqsadlarda bir xil o‘ylamasligimiz ham tabiiy, ular bo‘yicha kelishish, o‘rta nuqtalarni topish xalq vakolat bergan hukumatning mahoratiga bog‘liq“, — deydi Qodirov.

Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida

Bundan tashqari u Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida gapirgan. O‘zbekiston har qanday holatda ham o‘z manfaatini o‘ylab to‘g‘ri qilayotganini, har qanday urush kelishuv bilan yakunlanishini aytgan. Uning taʼkidlashicha, aqlli boshqaruv urushgacha bormaydi.

Bolalarga ona tili va davlat tilidan boshqa til o‘rgatilmasligi kerak

“Rus tili masalasida. Rus tilini o‘rganish yoshlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarini o‘rganish qatorida juda foydali ekanligini hech qachon rad etmaganman, bundan keyin ham rad etmayman.
Taklifim esa oddiy va tushunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boshqa til o‘rgatilmasligi kerak. Boshqa millatli vatandoshlarimiz ona tilida qadriyatini o‘rgansin, davlat tilini esa vatani deb hisoblaydigan O‘zbekistonda yaxshi yashashi uchun o‘rgansin, tamom.
Maktabni o‘rta sinflaridan boshlab istagan xorijiy tilini o‘rgansa, shaxsiy rivojlanishiga ham, mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda bo‘ladi“, — deydi deputat.

Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston manfaatlariga xizmat qilishiga shubhasi yo‘qligini aytdi.