$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda sobiq xotining e’tirozlariga qaramay, erkak 5 yillik alimentni oldindan to‘ladi

aliment

Andijon viloyatida erkak sobiq xotinining qarshiligiga qaramay, 5 yillik aliment pulini oldindan to‘ladi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Bunday qilishga otani nima undadi?

Ma’lum qilinishicha, qo‘rg‘ontepalik D.M.ning kasbi sabab malakasini oshirish uchun yiliga 2-3 marotaba xorijiy davlatlarga xizmat safariga borishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, sud hujjatiga ko‘ra farzandiga aliment to‘lagani uchun chetga chiqishiga taqiq o‘rnatilgan.

D.M.ning ham yaqin kunlarda Batumiga xizmat safari rejalashtirilgan. Shu sababli, chetga chiqish istagida bo‘lgan ota 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lashini bildirgan.

Ayol norozilik bildirgan

Ijro etish usulini o‘zgartirish uchun sudga berilgan arizani ko‘rib chiqish jarayonida undiruvchi I.Q. bundan norozi ekanini ma’lum qilgan. Biroq sud ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, D.M.ga 5 yil uchun hisoblangan 121,4 million so‘m alimentni 10 kunda to‘lashga o‘zgartirish bo‘yicha ajrim chiqardi.

Erkakdan cheklovlar olib tashlandi

Shunday qilib, ota bolasi uchun 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab berdi va unga qo‘yilgan cheklovlar bekor bo‘ldi.

Теги :
Жамият
Иқтисодиёт