$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaynona sobiq kuyovi toʻlashi kerak boʻlgan 61 million soʻm alimentdan voz kechdi

Aliment

Toshkentda qaynona sobiq kuyovining toʻlanmay kelgan 5 yillik aliment qarzidan voz kechdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Chetga chiqish huquqi cheklanadi 

Barchamiz bilamizki, qonunchilikka ko‘ra aliment ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanadi. 

Sudning buyrug‘iga asosan, qarzdor K.A.dan undiruvchi Sh.K. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

5 yillik qarzdorlik 

Aniqlanishicha, sud qarori 2020-yilda chiqarilgan bo‘lib, qarzdor undan oldin 2018-yilda chet davlatga chiqib ketgan. Qarzdorning alimentdan qarzi 2020-yildan bugungi kunga qadar 61 mln. 957 ming so‘mga yetgan.

Qarzdor ota 2024-yilda chet davlatdan qaytgan, biroq, yana chet davlatga chiqib keta olmasligini, qarzi sabab uning chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangani davlat ijrochisi tomonidan tushuntirilgan. 

Mard qaynona

Tushuntirish va majburiy ijro harakatlari davomida ham qarzdorlik to‘lamaganligi sababli qarzdorga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga qonuniy hal etish uchun yuborilgan.

Sud jarayonida undiruvchining ishonchli vakili, ya’ni qarzdorning qaynonasi sobiq kuyovining salkam besh yillik aliment qarzdorligidan voz kechganligi sababli ma’muriy ish materiali harakatdan tugatildi.

Теги :
Jamiyat