$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Alimentdan 9 million so‘m qarzdorligi bor erkak majburiy mehnatga jo‘natildi

mib

Jizzax shahrida 9 million so‘mdan oshiq alimentni to‘lamagan erkakka majburiy mehnatga jalb etish jazosi tayinlandi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar berdi. 

Bir nafar farzand

Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 2023-yil 10-maydagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor M.A hisobidan undiruvchi E.L foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan. 

Ijro harakatlari davomida qarzdor M.A. o‘z vaqtida aliment qarzdorligini to‘lamaganligi oqibatida jami 9 million 41 ming 926 so‘m aliment qarzdorligi vujudga kelgan.

Qarzdorga 120 soatlik majburiy mehnat belgilandi

Qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 4-bandiga (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining joriy yil 23-sentyabrdagi qaroriga asosan, qarzdor M.A ushbu moddada ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 120 soat majburiy mehnatga jalb etish jazosi tayinlangan.