$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi

positive

9-11-sentyabr kunlari Bokuda o‘tkazilgan yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad turkiy tillar uchun yagona alifbo loyihasi ustidagi ishlarni yakunlashdan iborat edi.

Yangi alifbo

Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yil olimlar tomonidan taklif qilingan, lotin yozuviga asoslangan alifbo bo‘yicha dastlabki loyiha qayta ko‘rib chiqildi.

Ushbu yig‘ilishda 34 ta harfdan iborat umumiy turkiy alifbo taklifi yuzasidan kelishuvga erishildi. “Taklif etilayotgan alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud bo‘lgan turli fonemalarni ifodalaydi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Turkiy dunyo yozma muloqotga muhtoj

Komissiyaning Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tgan 2-yig‘ilishi vaqtida turkiy tilshunoslik jamiyati rahbari Usmon Mert jurnalistlarga Turk dunyosi yozma muloqotga muhtojligini va bu tashabbuslar doirasida mas’uliyatli qadamlar tashlayotganini aytgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turkiy davlatlar umumiy alifboga o‘tishda jiddiy akademik yutuqlarga erishgan, ammo siyosiy qarorlar qabul qilish uchun biroz vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat