Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

Endilikda xodimlar kompaniya aksiyalariga egalik qilishlari mumkin

Davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan AJlar bu bo‘yicha reja ishlab chiqishlari zarur.

1 daqiqa o‘qiladi

Endilikda xodimlar kompaniya aksiyalariga egalik qilishlari mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xodimlar aksiyalarga egalik qilishi

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hujjat kompaniyalarda xodimlar aksiyalariga egalik qilish rejasini (ESOP) amalga oshirishga qaratilgan. Uni ishlab chiqishda AQSh, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlar tajribalariga asoslangan.

Nizomda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining xodimlari tomonidan sotib olinishi yoki muayyan aksiyalar paketini opsion shartlariga ko‘ra o‘tkazishning asosiy shartlari belgilanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi xodimlarning ulushga egalik qilish rejasini tasdiqlaydi.

Davlat ulushi 50%dan yuqori kompaniyalar

Xususan, davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan AJlar xodimlari uchun egalik qilish rejasini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari shart.

Nizom xodimlarning aksiyalarini egalik qilish uchun ikkilamchi bozorda sotib olingan aksiyalarni taklif qilishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, ular aksiyalarni opsion bitimi asosida sotib olish, mukofot shartlari asosida taklif qilishlari mumkin.

Bu tartibdan nimalar kutilmoqda?

Belgilangan qoidalar xodim-aksiyador o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashi, ish unumdorligi va rentabelligini oshirishi kutilmoqda. O‘z navbatida aksiyadorlik jamiyati ham rivojlanishga muhim hissa qo‘shgan xodim bilan uzoq muddatli mehnat munosabatlaridan manfaatdor bo‘ladi.