Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +10° kechasi +9°

“OpenAI” inqilobiy smartfon ustida ishlamoqda

Kompaniya sun’iy intellektli smartfon chiqarishni rejalashtirgan. Buning ustida Applening sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

“OpenAI” inqilobiy smartfon ustida ishlamoqda

“OpenAI” “Apple"ning sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda sun’iy intellektli smartfon chiqaradi. Bu haqda “New York Times” nashri xabar berdi.

“Intellektli” smartfon

Joni Ayv yangi qurilma ustida ishlayotganini tasdiqladi. Bu sun’iy intellektni o‘z ichiga olgan smartfon bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

Ayv allaqachon San-Fransiskodagi katta ofisda ushbu yangi qurilma ustida ishlashni boshlagan. Ayv bilan “Apple"da ishlagan Evans Xanki va Tan Tan ham loyiha ustida ishlamoqda.

Inqilobiy texnologiya

Gadjet vazifalarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi harakatlarini bashorat qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi — ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bu texnologiya olamida inqilob bo‘ladi.

Ularning maqsadi mutlaqo yangi foydalanish tajribasini taqdim etadigan qurilma yaratish va gadjetni 2007-yildagi birinchi iPhone kabi inqilobiy qilishdir.